Serjant Choriyev Shahzod Baxtiyorovich 1991 yilning 10 noyabrida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tugʻilgan. 2010 yilda mazkur tumandagi Qovchin qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejini, 2013 yilda esa, IIV Akademiyasining Serjantlar tarkibini tayyorlash boʻyicha oliy kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan. 

Ilk xizmat faoliyatini 2013 yilning aprel oyida viloyat IIB YHXB 3-otryadida YPX inspektori katta inspektori lavozimida boshlagan yosh xodim oʻtgan davr mobaynida soha sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirda viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni saf boʻlinmalari ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazishda xavfsizlikni taʼminlash otryadi boʻlinma komandiri lavozimda samarali xizmat qilib kelmoqda.

Shu bilan birga, tinib-tinchimas bu yigit oʻtgan yilning boshidan bugunga qadar, 250 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hududiy tayanch punktlariga hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 45 nafar shaxslarni esa, viloyat Narkologiya dispanseriga olib bordi. 

Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzgan 120 nafarga yaqin fuqaroni aniqlash bilan birga, 2 ta jinoyatni ham “issiq izida” fosh etilishiga erishdi. 

Shu tufayli, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan Serjant Shahzod Choriyevning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirildi. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.