Kichik serjant Hasanov Erkin Ziyodullayevich vatanimiz osoyishtaligi yoʻlida beminnat xizmat qilib kelayotgan harbiylarimizdan biridir. U 1990-yilning 15-yanvar kuni Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida tugʻilgan. 2009-yilda Qibray tadbirkorlik kasb-hunar kollejining Huquqshunoslik mutaxassisligini aʼlo baholarga tamomlagan. 

Ilk xizmat faoliyatini 2012-yilda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qism 1-batalyon nazorat oʻtish joyi navbatchisi lavozimida boshlagan lavhamiz qahramoni ustozlari yordamida kasb sirlarini puxta oʻrganib, hozirda ham mazkur harbiy qism 3-batalyon seksiya komandiri lavozimida muvaffaqiyatli xizmat qilayotir.

Oʻzining tirishqoqligi, intiluvchanligi va tashabbuskorligi bilan barchaga namuna boʻlayotgan tinib-tinchimas bu yigit zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ham oʻz vaqtida ado etib, jamoaning hurmat-eʼtiboriga sazovor boʻlmoqda.

Shuningdek, oʻtkazilayotgan barcha tadbir va musobaqalarda ham faol ishtirok etayotgan E. Hasanov harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy intizomni mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirishda ham oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotir. 

Bundan tashqari, faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan yosh harbiyning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirilgan. 

Shu boisdan, kichik serjant Erkin Hasanovning yurtimiz tinchlik-osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, kelgusi faoliyatida bundan-da, yuqori marralarni zabt etishining tilakdoshimiz! 

Abduhamid OLLOYOROV,

kichik serjant.