Nodirjon Ibrohimov 1989 yilda Fargʻona viloyatining Rishton tumanida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2013 yilda boshlagan. Ayni paytda Rishton tumani Ichki ishlar boʻlimida profilaktika katta inspektori vazifasida faoliyat olib bormoqda. Unga “Toshogʻaliq” mahalla fuqarolar yigʻini hududi osoyishtaligini taʼminlash biriktirilgan.

Kapitan N. Ibrohimov jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish va sodir boʻlganlarini issiq izida fosh etishda ham doim faollik koʻrsatmoqda.

Shu yilning 28 sentyabr kuni Rishton tumanida yashovchi fuqaro S.Sidiqov viloyat Iibning “102” axborot markaziga qoʻngʻiroq qilib, “Gumbaz” mahalla fuqarolar yigʻini Fargʻona koʻchasida joylashgan kredit doʻkoni oldida qarovsiz qoldirilgan velosipedini kimdir oʻgʻirlab ketgani haqida xabar beradi.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor qidiruv harakatlari olib borildi.

Natijada qahramonimizning amaliy saʼy-harakati bilan ushbu jinoyat “issiq izida” fosh etilib, gumondor ashyoviy dalil bilan qoʻlga olindi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.