Safdor Kenjayev Muhammadjon Maʼruf oʻgʻli Toshkent shahar IIBB YHXB YPX 1-bataloni 4-safarbarlik guruhida faoliyat yuritadi. U 1995 yilda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tugʻilgan. 2017 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlab, “Oʻzbekkimyomash” zavodi Ajga ishga kiradi. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2021 yil 9 iyuldan bosh boshqarma YHXB YPX 1-bataloni 4-safarbarlik guruhida boshlaydi.

Unga ustoz qilib biriktirilgan 4-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Sharif Nurboyev hamda boshqa hamkasblaridan kasbga oid sir-asrorlarni oʻrganib kelmoqda. Sohaga boʻlgan mehr, sidqidildan yondashishi uni internet tarmoqlarida eʼtirof etilishiga sabab boʻldi. 

« Facebook » ijtimoiy tarqmogʻidagi guruhlardan birida YPX xodimining Mirobod tumani Oybek koʻchasida xizmat olib borish davomida keksa ayolga yordam berganining videosi tarqaldi.

Osoyishtalik posboni qariyaga nafaqat yoʻldan oʻtib olishda yordam berdi, balki uni uyigacha borishi uchun avtomobilga oʻtqazib yubordi. Ushbu post ostidagi sharhlarda xodimga koʻplab insonlar avvalo, Muhammadjonning ota-onasiga va sohaviy rahbarlariga minnatdorchilik bildirishdi.

Duo olgan, elda aziz boʻladi deganlari shu boʻlsa kerak-da.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.