U Toshkent viloyati Ohangaron tumani 6-sonli IIB xuquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi profilaktika katta inspektori lavozimida xizmat qiladi. U «Telov», «Shovgʻoz», «Toshariq» va «Sanam» MFY hududida huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etadi, nazorat qiladi.  

– Aniq bir maqsadga qaratilgan saʼy-harakatlarni hamkasblarimiz – kapitan Odil Abdullaev, leytenant Abbos Xolmatov, katta serjant Lazizxon Nosirxonov bilan birgalikda amalga oshiramiz, – deydi S. Gʻulomov. – Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni yuzaga keltirgan sabab va sharoitlarni aniqlash, bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratamiz. 

«Sanam» MFY ga qarashli Bekmurodovul, Ovjazsoy, Ayritom qishloqlari kapitan S. Gʻulomovning shaxsiy javobgarligi ostidagi hududlar hisoblanadi. Bu yerda 5400 dan ortiq aholi istiqomat qiladi, bir qator ijtimoiy obʼektlar, toʻrtta maktab bor. Bundan tashqari, Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaligi posti, «Sinegorʼe», «Archa», «Garden Camp» pansionatlari ham shu yerda joylashgan. Huquq-tartibot va qonun ustuvorligini mustahkamlash boʻyicha barcha ishlar katta profilaktika inspektori tomonidan boshqa tarmoq xizmatlaridagi hamkasblar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. Kapitan S. Gʻulomov fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faollari bilan yaqin aloqa va hamkorlik oʻrnatgan. MFY raisi Abdumajid Janiqulov va mahalla komissiya aʼzolari unga har doim katta yordam qilishadi. 

– Aholi oʻrtasida birdamlik oʻrnatish, har qanday huquqbuzarlik koʻrinishlariga befarq munosabatda boʻlmaslik muhitini yaratish bosh vazifamizdir, – davom etdi suhbatdoshimiz. – Shundan kelib chiqib, notinch oilalar, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, probasiya guruhi hisobida turuvchi shaxslar alohida nazoratga olindi. Ular bilan muntazam ravishda profilaktik ishlar olib boramiz va notoʻgʻri qadam bosishdan saqlashga harakat qilamiz.  

Katta profilaktika inspektorining maqsadli faoliyati biriktirilgan hududda huquq-tartibotni mustahkamlashga xizmat qiladi. Uning xizmatlari rahbariyat tomonida ijobiy baholanmoqda. U viloyat miqyosidagi eng yaxshi profilaktika inspektorlari safidan joy olgan.

Radik TUMPAROV, 

«Na postu» muxbiri.

Toshkent viloyati.