1996 yil 21 mart kuni Kasbi tumanida tugʻilgan. 2019 yil IIV Akademiyasini tamomlagan. Hozirgi kunda u Muborak tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi surishtiruvchisi lavozimida xizmat qilmoqda. 

Leytenant Navroʻz Sulaymonov oʻzining halol mehnati, fidokorona xizmat faoliyati orqali aholi ishonchiga sazovor boʻlmoqda, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. U xizmat faoliyati davomida oʻzini tashabbuskor xodim, masʼuliyatli tergovchi sifatida namoyon etib kelmoqda. Qahramonimiz surishtiruv olib borgan jinoyat ishlarining deyarli barchasida fuqarolar uning xush muomilasi va tirishqoqligi, fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplashidagi saʼy-harakatlaridan minnatdorlik bildirgan. 

2021 yilning dastlabki ikki oyida murojaatlar boʻyicha 23 marta bevosita murojaat mualliflarining yashash joylariga borilib, ularni joyida tekshirish orqali hal qilgan. Tahlillar asosida jinoyatning kelib chiqishi sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida jami 11 marotaba taqdimnoma kiritgan. Bulardan tashqari, u qonunchilik targʻiboti hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi tadbirlarda muntazam faol ishtirok etib keladi. 

– Leytenant Navroʻz Sulaymonov oʻz ustida muntazam ishlaydi, – deydi tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik X.Bahriev. – Har bir murojaat ortida insonning orzu-istagi, taqdiri yotishini chuqur anglab, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ximoya qilishda hamkasblariga oʻrnak boʻlib kelmoqda 

Leytenant Navroʻz Sulaymonov yuqorida koʻrsatilgan yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, hozirgi kunda oʻtkaziladigan kasbiy, huquqiy, ijtimoiy va sport tadbirlarida faol qatnashib, ichki ishlar organi xodimi degan yuksak nomga munosib ekanligini har tomonlama isbotlashga harakat qilib kelmoqda. Oʻz tanlagan kasbini sevadi va bundan faxrlanadi. 

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri. 

Qashqadaryo viloyati.