Mayor Dilshodjon Ismoilov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2011 yilda boshlagan. Ayni paytda Fargʻona shahar IIOFMB 4-sonli IIB profilaktika katta inspektori vazifasida xizmat qilmoqda.

U tajribali xodim sifatida yoshlarga murabbiylik qiladi, ulardan oʻz maslahatini ayamaydi. Namunali xizmati bilan safdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelmoqda. Qahramonimiz jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilganlarini issiq izida fosh etishda ham faollik koʻrsatyapti.

Yaqinda Fargʻona shahridagi Alisher Navoiy nomidagi koʻchada velesiped oʻgʻriligi sodir boʻlgan edi. Mayor Dilshodjon Ismoilov ushbu jinoyatchining izidan tushib, hamkasblarining amaliy koʻmagi bilan oʻgʻrini topishga muvaffaq boʻldi. Ushbu jinoyatni shu shaharlik S.A. ismli shaxs sodir etgan ekan. Keyinchalik dastlabki tergov jarayonida mazkur shaxs shaharning boshqa hududlarida ham bir necha velosipedni oʻgʻrilagani oydinlashdi.

Qahramonimizning bu fidoyiligi eʼtiborsiz qolmadi. Rahbariyat tomonidan pul mukofoti bilan ragʻbatlantirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.