Mayor Shuhrat Umarov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2007 yilda boshlagan. Hozirgi kunda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanidagi Gʻumayli mahallasiga xizmat koʻrsatuvchi ichki ishlar organi tayanch punkti profilaktika inspektori boʻlib ishlaydi. Shu bilan birga, 11 ta mahallaga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektoriga bosh boʻlib, katta inspektor sifatida ham faoliyat koʻrsatadi.

Sohada katta tajriba toʻplagan qahramonimiz yosh xodimlarning chinakam ustoziga aylangan, ulardan maslahat va tavsiyalarini ayamaydi.

Xizmat jarayonida shogirdlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan mayor Shuhrat Umarov turli jinoyat va huqubuzarliklarning oldini olish va fosh etishda ham faollik koʻrsatmoqda.

Yaqinda u tuman IIB JQB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda fohishaxona tashkil etish bilan bogʻliq jinoyatni fosh etdi.

Tumanning Navbahor mahallasida aniqlangan ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.