Joriy yilning 13-yanvar kuni taxminan soat 16:40lar edi. Uchtepa tumani IIOFMB JTSB PPX 1-otryad guruh komandiri, safdor Sardor Yigitaliev hamda haydovchi, safdor Begzod Mansurov oʻz yoʻnalishlari boʻyicha xizmat olib borayotganida, tumanning 13-mavzesidagi chorrahasidan oʻtib ketayotgan ikki nafar shaxs shubhali koʻringani bois, ularning oldiga borib, hujjatlarini soʻrashadi. Oʻzlarini P. T. va R. O. deb tanishtirgan kimsalar, yonlarida pasportlari yoʻqligini aytishadi. Ammo ularning yonlari tekshirib koʻrilganida oʻtkir tigʻli pichoq borligi aniqlanadi. Ulardan bu sovuq qurolni qaerdan olganligini soʻrashganida, topib olganliklarini iddao qilishadi. Mazukr holat yuzasidan hujjat rasmiylashtirilib, fuqarolar tuman IIOFMBga olib borib topshiriladi. 

Safdor Yigitaliev Sardorbek Sidiqjon oʻgʻli 1992-yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida tugʻilgan. 2015-yilda Toshkent davlat Pedagogika universitetini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2021 yilda Toshkent shahar IIBB PPX va JTSB PPX brigadasi 4-batalʼonida boshlagan. Hozirda Uchtepa tumani IIOFMB JTSB PPX 1-otryadi guruh komandiri lavozimida xizmat qilib kelmoqda. 

Oʻtkir nigohli va doimo sergak qahramonimiz yil boshidan buyon 2 firibgarlik, 1 qidiruv, 1 ta psixotrop modda bilan bogʻliq jinoyatlarni fosh etishda hamda 20 ta sovuq qurol olib yurgan fuqarolarni aniqlashda jonbozlik koʻrsatdi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.