Joriy yilning 31-iyul kuni taxminan soat 18:00 lar edi. Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida “Spark” rusmuli avtoluov toʻxtatiladi. 1980-yilda tavallud topgan Yashnobod tumani “Tabarruk” koʻchasi yashovchi R. Yu. boshqaruvidagi transport vositasi shubha ostiga olinib, xolislar ishtirokida tekshirilganida salonning orqa chap yoʻlovchi oʻrindigʻi ustida giyohvandlik moddasiga oʻxshash modda borligi aniqlanadi. 

Toshkent shahar IIBB EKMning xulosasiga koʻra ushbu modda jami ogʻirligi 1022,0 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻladi. Ushbu jinoyatni fosh etishda kichik inspektor-kinolog, safdor Elmurod Soliev oʻzining “Nora” laqabli xizmat iti bilan jonbozlik koʻrsatdi. 

2021-yilning oʻtgan 10 oyi mobaynida safdor Elmurod Soliev Gʻanijonovich oʻziga biriktirilgan giyohvand moddalarni qidirib topish maxsus yoʻnalishi boʻyicha oʻrgatilgan “Nora” laqabli xizmat iti ishtirokida giyohvandlik bilan bogʻliq 31 ta jinoyatlar xizmat iti ishtirokida fosh etgan.

U 1985-yil 13-mart kuni Toshkent viloyatida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 2010-yilning noyabrʼ oyidan hozirgi kunga qadar Toshkent shahar IIBB JTSB boʻlinmalari Kinologiya xizmati faoliyatini tashkil etish boʻlimi kichik inspektor-kinolog lavozimida samarali xizmat qilib kelmoqda.

Sarvar SOBIROV, 

«Postda» muxbiri.