Odiljon Narzullaev 1985 yilda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tugʻilgan. 2007 yilda Jizzax politexnika institutini tamomlagan.
U xizmatni Samarqand viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi patrulʼ-post xizmati batalʼoni toʻrtinchi otryadida boshlagan.
Hozirda esa Samarqand viloyati IIB PPX va JTSB patrul-post xizmati batalʼoni toʻrtinchi otryad komandirining tarbiyaviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Katta leytenant Odiljon Narzullaev yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida oʻz xizmat vazifasiga sidqidildan yondashadi. Jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishdagi asosli takliflari bilan hamkasblarining ishonchini qozonib, bir necha bor rahbariyat eʼtirofiga ham sazovor boʻlgan.
U rahbarligidagi toʻrtinchi otryad xodimlari tomonidan oʻtgan yil davomida 6 nafar qidiruvdagi shaxs ushlangan. Shuningdek, yaqinda viloyat hududida oʻtkazilgan keng qamrovli «ARSENAL» maxsus profilaktik tadbirida 2 ta ov quroli aniqlangan.
Fidoyi xodim koronavirus pandemiyasi vaqtida koʻrsatgan ibratli faoliyati uchun 2020 yilda “MEHR-SAXOVAT” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Gulnoza TURGʻUNBOEVA,
“Postda”muxbiri.
