Kun tarixi 

1985 yil 11 sentyabr sanasida Toshkent-Janubiy temir yoʻl vokzali ishga tushgan. 

* Vokzal 2018 yilda qayta rekonstruktsiya qilib, foydalanishga topshirilgan. 

* Uning umumiy maydoni 9,2 gektar boʻlib, 650 metrlik 3 ta perronga ega.

* Hududdagi diametri 14 metrlik ikkita zamonaviy favvora mavjud. 

* Vokzal binosida kutish, VIP zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, mehmonxona, dam olish xonalari, bufet, koʻchma savdo nuqtalari, gazeta va jurnallar, WiFi internet xizmati, elektron kutubxona, planshet xizmati, shirinliklar va milliy sovgʻalar sotish shoxobchasi, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish manbai, elektron maʼlumotlar markazi va tablosi, sayyohlar zali hamda zamonaviy lift mavjud. 

* Kutish zali koʻrgazma va televizion axborot vositalari bilan jihozlangan. 

* Havo harorati meʼyorini taʼminlovchi sovutgichlarga ega. Vokzal hududida 12 ta chiptaxona mavjud.

* Vokzalda bir kecha-kunduzda esa 17 ta mahalliy poyezddan 11 ming nafarga yaqin yoʻlovchi kutib olinib, oʻz manziliga joʻnatiladi.

Internet maʼlumotlari asosida G. BUVAMIRZAYEVA tayyorladi.