Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudaynazarov Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida boʻlib oʻtgan konferensiyada qatnashdi. Anjuman "Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlarida xizmat oʻtashning huquqiy asoslari" mavzusiga bagʻishlanda. Unda polkovnik Shokirjon Xudaynazarov ham soʻzga chiqdi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar Akademiyasida yangi tashkil etilgan IIV harbiy tuzilmalari kafedrasi kursantlari bilan uchrashib, ularga Qoʻshin faoliyati haqida soʻzlab berdi. Mazkur taʼlim muassasasini tugatgach, xizmat faoliyati davomida duch keladigan turli vaziyatlarga toʻgʻri xuquqiy baho berib, tezkor qaror qabul qilish uchun zarur boʻladigan komandirlik xususiyatlarini yanada mustaxkamlashlari kerakligini uqtirib, oʻqishlarida omad va muvafaqiyatlar tiladi. Kursantlarga oʻz ustidan tinmay ishlab, bilimlarini yanada oshirishlari lozimligini taʼkidladi. 


Azamat KURBANBAYEV,

kichik serjant.