Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev Toshkent shahri Yunusobod tumanida boʻlib, sektor rahbarlari hamda idoralararo tezkor shtab ishchi guruhi aʼzolari bilan mahallalar kesimida oʻrganish ishlarini olib bordi.

Asosiy eʼtibor hududlardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga qaratildi.

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari dastlab tumandagi Yunusobod dehqon bozoriga borib, jamoat tartibini saqlash, xavfsizlik tizimlari va kuzatuv kameralari bilan jihozlanganligi hamda ularning IIO vaziyatlar markaziga integratsiya qilinganligi holati oʻrganildi.

Oʻrganishlar davomida aholi turmush-tarzini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan taʼmirlash, qurilish va yoʻl taʼmirlash holati hamda amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishdi.

Xususan, tumandagi elektr tarmoqlari korxonasiga borib, aholi turmush-tarzini yaxshilash maqsadida oʻtkazilayotgan yuqori kuchlanishdagi elektr kabellarning montaj ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Yakunda, general-mayor Bekmurod Abdullayev “Husniobod” mahallasidagi masʼullarning kommunal xizmatlarni uzluksiz taʼminlash boʻyicha olib borayotgan ishlari yuzasidan axborotlarini tinglab, kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammoli holatlarning oldini olish boʻyicha ularga tegishli koʻrsatmalar berdi.

Oʻrganish ishlari davom etmoqda.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Axborot xizmati