IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy kismda "Konstitusiya – Bosh qomusimiz" shiori ostida “Zakovat” bilimlar bellashuvi boʻlib oʻtdi. Konstitusiyaga bagʻishlangan devoriy gazeta va jamoa nomini taʼriflab berish, tezkor savol-javob hamda Konstitusiya bilimdoni shartlaridan iborat ushbu bilimdonlar bahsida 10 ta jamoa katnashdi. 

Yakuniy natijalarga koʻra mutlaq gʻoliblikni "Liderlar" jamoasi qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar esa tegishincha "Femida" hamda "Everest" jamoalariga nasib etdi. 

Azamat KURBANBAYEV,

kichik serjant.