IIV Qashqadaryo akademik litseyiga biriktirilgan Qarshi tumanidagi 6-maktabda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. 

Tadbir davomida litsey rahbariyati bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan uchrashuv oʻtkazib, fanlardan aʼlochi oʻquvchilarga kitoblar sovgʻa qilishdi. Yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, oliy taʼlimga qamrov darajasini oshirish va kasb-hunarga yoʻnaltirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga oid takliflarni ilgari surishdi. Otaliqqa olingan maktab oʻquvchilari bilan har oyda uchrashuvlar oʻtkazilib, fanlar boʻyicha musobaqa va viktorinalar, ochiq eshiklar kuni oʻtkazish boʻyicha manzilli rejalar tuzildi. 

Yakunda maktab oʻquvchilari bilan “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi. 

Oʻz muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.