IIV Xorazm akademik litseyida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining malakali mutaxassislari tomonidan “Hujjatlarning texnik kriminalistik ekspertizasi. Ekspertiza tayinlash asoslari. Ekspert oldiga qoʻyiladigan savollar” mavzularida oʻquv-seminar mashgʻuloti oʻtkazildi. Amaliy jarayonlar bilan hamohang holda olib borilgan seminar mashgʻulotida oʻquvchilar mavzuga oid oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 

Shuningdek, seminar davomida markazda amaliyot oʻtayotgan IIV akademiyasi 3-bosqich kursantlari va litsey oʻquvchilari oʻrtasida “Akademiya hayoti” mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi. 

Oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.