IIV Xorazm akademik litseyida yangi oʻquv yili munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirga viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, ichki ishlar organlari faxriylari, akademik litsey oʻqituvchi va oʻquvchilari hamda ularning ota-onalari taklif etildi.
Tantanali tadbirda viloyat IIB boshligʻining maslahatchisi, isteʼfodagi polkovnik Rustam Rahimov, viloyat IIB faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi polkovnik Amin Tojiyevlar soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilarini mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi hamda yangi oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan samimiy qutladi.
Tadbirda litseyning “Jaloliddin izdoshlari” harbiy-sport klubi aʼzolari tomonidan koʻrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, yosh ijodkorlar oʻzlarining kuy va qoʻshiqlari, yangi ijod namunalari bilan yigʻilganlarni xushnud etishdi. Tadbir yakunida litsey rahbariyati tomonidan tashkillashtirilgan turli tanlovlarda gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Shundan soʻng, taʼlim muassasasining barcha guruhlarida birinchi soat “Mustaqillik darsi” mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
