IIV Akademiyasi magistraturasi ikkinchi darajali tashkiliy-taktik boshqaruv mutaxassisligi tinglovchilari ayni kunlarda Fargʻona viloyati IIBda amaliyot oʻtashmoqda.
Tinglovchilar amaliyot davrida hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda 3-sektorlar faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarda bevosita faoliyat olib borishmoqda.
Bu esa ularga Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda mustahkamlash va tajriba orttirish imkonini beryapti.
Abduvosit SIDIQOV.
Fargʻona viloyati.
