Xizmatni endi boshlagan chogʻlari ustozi, hozirda podpolkovnik Bekzod Abdurahmonovning koʻmagi unga juda asqatdi.
Bugungi kunda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanidagi «Ittifoq» mahallasida xizmat olib borayotgan kapitan Abduraufxoʻja Abdusamadov hududdagi 2500 nafardan ortiq aholining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilib, ishonchini qozondi. Tumandagi eng gavjum boʻlgan mazkur hududda dehqon bozori, istirohat bogʻi, poliklinika, maktab, bogʻcha va boshqa koʻplab maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari joylashgan.
– Biz Abduraufxoʻja Abdusamadovdan juda mamnunmiz, – deydi 65 yoshli fuqaro Bahodir Ashurov. – U xuddi oʻz oila aʼzomizdek boʻlib qolgan. Juda samimiy, xushmuomala. Mahalla ahli tinch-totuv yashashi uchun astoydil harakat qiladi.
Tumandagi kriminogen vaziyat ogʻir hududlardan biri sanalgan «Ittifoq» mahallasi oʻgʻrilik, firibgarlik, mayda bezorilik kabi jinoyatlarning koʻpligi jihatidan «qizil» toifaga kiritilgan edi. Abduraufxoʻja Abdusamadov hududidagi ichkilikbozlikka ruju qoʻygan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borishi natijasida ular sogʻlom hayotga qaytarildi. Muqaddam sudlangan ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish choralari koʻrildi. Natijada qisqa vaqt ichida jinoyat va huquqbuzarliklar soni keskin kamayib, mahalla «yashil» hududga aylandi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.