Xonqa tumanidagi “Fidoyilar” mahallasida “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi doirasida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Xotin-qizlar va bolalar oʻrtasida tazyiq hamda zoʻravonlikning oldini olish maqsadida oʻtkazilgan mazkur tadbirda tuman IIB HPB XQMB katta inspektori, leytenant N.Artiqova, Urganch shahar IIOFMB HPB XQMB katta inspektori, Z.Tillabaeva hamda viloyat moslashtirish va reabilitatsiya markazi boshligʻi N.Qoʻshchanovalar ishtirok etib, kun tartibidagi mavzular yuzasidan tushuntirishlar berishdi.
Yigʻilishda mutaxassislar bildirilgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar berishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
