Joriy yilning 14-sentabr kuni Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasining “Koʻxna ark” majmuasidagi muzey xodimlari tomonidan unutib qoldirilgan, qora rangli “Samsung Galaxy A33” rusumli mobil telefon apparati taqdim etildi.
Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruvlar natijasida, ushbu uyali aloqa vositasi Qashqadaryo viloyatidan sayyoh sifatida kelgan M. Karimovaga tegishli ekanligi aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha M. Karimova oʻziga tegishli boʻlgan “Samsung Galaxy A33” rusumli telefonini “Koʻhna ark” majmuasidagi “Tangalar kolleksiyasi” muzeyida esidan chiqarib qoldirib ketgan. Boshqarma xodimlari tomonidan M. Karimovaga telefon apparati soz holatda topshirildi.
Saboxat SULTONOVA,
katta leytenant.
Xorazm viloyati.
