IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti uchinchi mintaqaviy hudud masʼullari Jizzax viloyatining Zafarobod tumanidagi 30-sonli manzil koloniyasida sayyor qabul oʻtkazdilar. Bu jarayonda mahkumlarning muammolari oʻrganilib, hal qilish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilandi.
Shu kuni Jizzax viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu koloniyaning 18 nafar mahkumiga shaxsni tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirildi. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasining “Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
