Yaqinda Navoiy viloyat prokuraturasi oʻquv poligonida sohaga endigina kirib kelgan yosh xodimlar uchun mahorat darslari tashkil etildi. Unda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining malakali ekspertlari ham faol ishtirok etib, tergov jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi ashyoviy dalillarni topish, xatshunoslik, balistik ekspertizalarni oʻtkazish hamda giyohvandlik vositalarini aniqlash boʻyicha muhim maʼlumotlarni yetkazdilar. Shuningdek, prokuratura vakillari yosh xodimlarning amaliyotda uchraydigan muammolar yuzasidan savollariga javob berishdi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.