Jizzax viloyati Paxtakor tumani IIB xodimlari tomonidan 2-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan profilaktik tadbir davomida 3 nafar yuqori sinf oʻquvchisi kastet olib yurganligi aniqlandi. Shuningdek, 1 nafar oʻquvchi darsga muntazam ravishda qatnashmayotgani maʼlum boʻldi. Holatlar yuzasidan oʻquvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Alijon Abdusattorov,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.