Navoiy viloyati IIBda ekspertlarning kasbiy malaka va koʻnikmalarini oshirish maqsadida nazariy hamda amaliy oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. IIV Akademiyasining tajribali oʻqituvchilari hamda Toshkent shahar IIBB EKM malakali mutaxassislari hodisa joyini koʻzdan kechirish tartibi, ashyoviy dalillarni olish, qadoqlash hamda tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlari davomida kriminalistik texnika vositalarini qoʻllash boʻyicha mahorat darslari oʻtkazdi.

Shuningdek, sud fotografiyasining umumiy qoidalari, uning tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlari isbotlov bazasining shakllantirishdagi ahamiyati, portlash va yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq voqea joylarini koʻzdan kechirish tartibi, tintuv va tergov eksperimentini oʻtkazish boʻyicha nazariy maʼlumotlar berildi. Mashgʻulotlar davomida yosh ekspertlarning sohaga oid savollariga batafsil javoblar qaytarildi.  

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.