IIV huzuridagi JIEDning Ikkinchi mintaqaviy hududiga qarashli 10-son tergov hibsxonasida «Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir boʻlganda harakatlanish tartibi» mavzusida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti hamda profilaktik tadbir oʻtkazildi.
Tadbirga Fargʻona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining malakali mutaxassislari taklif etildi. Mashgʻulot davomida mutaxassislar tergov hibsxonasi xodimlariga favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda harakatlanish tartibi, jabrlanganlarni qutqarish va ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish masalalari yuzasidan tushunchalar berib oʻtishdi. Bunga, ayniqsa, kuz-qish mavsumida alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidlashdi. Shuningdek, mashgʻulot ishtirokchilariga birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va qutqaruv jihozlaridan foydalanish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi.
Nosirjon LATIPOV,
podpolkovnik.
