Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Doʻstlik tumanining Manas mahalla fuqarolar yigʻinida “Xavfsiz xonadon” profilaktik tadbiri oʻtkazildi. Mazkur jarayonda uyma-uy yurilib, aholini qiynayotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish choralari belgilandi. Xususan, fuqarolarga huquqiy, tibbiy, psixologik hamda iqtisodiy koʻmak koʻrsatildi. Shuningdek, kiberjinoyatlar va firibgarlikdan himoyalanishga oid targʻibotlar uyushtirildi. 

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.