“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat oyligi” Qoʻqon shahar Ichki ishlar boshqarmasida katta koʻtarinkilikda tashkil etilmoqda.

Jumladan, Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoʻqon shahar boʻlimi hamda shahar markaziy kutubxonasi bilan hamkorlikda sohaviy xizmat xodimlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.

Unda “Adolat”, “Jasorat” va “Qalqon” jamoalari ishtirok etdi. Yakunda “Adolat” jamoasi aʼzolari har tomonlama bilimdon ekanligini amalda namoyish etib, birinchi oʻrinni egalladi.

Gʻolib jamoa va faol ishtirokchilar faxriy yorliq, esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Probatsiya boʻlimi xodimlari Qoʻqon davlat muzeyi qoʻriqxonasiga borishib, shahar tarixi bilan bogʻliq eksponatlarni tomosha qildilar.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi xodimlari esa shaharda joylashgan Buyuk allomalar muzeyiga sayohat qilishib, qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.