IIV huzuridagi JIED Ikkinchi mintaqaviy hududi 10-son tergov hibsxonasi shaxsiy tarkibi bilan navbatdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Bundan koʻzlangan maqsad xodimlarning xizmat tayyorgarligi va jangovar shayligini oshirish, kasb mahoratini yuksaltirishdan iborat edi. Mashgʻulot davomida ularga biriktirilgan anjomlarning toʻliq jamlanganligi tekshirildi. Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi.
Tadbirda shaxsiy tarkibning qonuniylikka va xizmat intizomiga rioya qilish, jangovar shaylikni taʼminlash va boshqa mavzulardagi bilimlari yanada mustahkamlandi. Shuningdek, kelgusida ushbu yoʻnalishlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi.
Nosirjon LATIPOV,
podpolkovnik.
