Andijon viloyati hududida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, ijtimoiy profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirish, mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash maqsadida joriy yilning 1 noyabrʼ kunidan boshlab “Dolzarb 60 kunlik” tadbiri oʻtkazilmoqda. 

Tadbir doirasida viloyat IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik M.Mamirjonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoʻrgʻontepa, Oltinkoʻl, Xoʻjaobod va Shahrixon tumanlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda probasiya yoʻnalishlari boʻyicha ishlar tashkil etilmoqda.

Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash maqsadlariga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

BORIS KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Andijon viloyati.