Toshkent viloyati Qoʻriqlash xizmati rahbariyati tomonidan Toshkent tumanida oʻrganish ishlari olib borildi. Tekshiruv jarayonida taʼlim muassasalarida xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarning qay darajada tashkil etilgani, jumladan, qorovullar tomonidan maktab hududiga begona va ruxsatsiz shaxslarni kiritmaslik boʻyicha olib borilayotgan xizmat faoliyati atroflicha oʻrganildi.

Shuningdek, maktab masʼullariga tashvish tugmalari, ulardan foydalanish tartibi, tezkor harakatlanuvchi guruhlar haqida yana bir bor eslatib oʻtildi.

Oʻrganishlardan koʻzlangan maqsad – taʼlim muassasalarida xavfsizlikni yanada kuchaytirish, ehtimoliy xavf-xatarlarning oldini olish va oʻquvchilarning xotirjam hamda xavfsiz taʼlim olishlarini taʼminlashga qaratilgan.

Bu kabi keng koʻlamli oʻrganishlar viloyat hududidagi maktablarda ham oʻtkazilmoqda.