Maʼlumki, Fargʻona shahridagi “Maʼrifat” mahallasi shaharning eng gavjum va serqatnov hududlaridan biri sanaladi. Shu bois bu mahallada kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash va osoyishta muhit yaratish masalasi viloyat IIB rahbariyatining doimiy eʼtiborida boʻlib kelmoqda.
Oʻrganish jarayonida mahalla hududidagi kuzatuv kameralari sonini yanada koʻpaytirish, koʻp qavatli uylar oldiga domofonlar oʻrnatish, tadbirkorlik obʼektlarini qoʻriqlash pulʼtiga ulash kabi masalalarga eʼtibor qaratildi.
Aholi vakillari bilan suhbat oʻtkazilib, ularni qiynayotgan muammolarga quloq tutildi. Yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, transportlar harakatini tartibga solish kabi masalalar alohida nazoratga olindi.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
