Yaqinda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7551-harbiy qismda yurtimiz posbonlarining maʼnaviy salohiyatini oshirish maqsadida “Kitobdan yaxshiroq doʻst yoʻqdir dunyoda” mavzusida tadbir tashkil etildi. Oʻzaro savol-javob va munozaralar asosida oʻtgan ushbu maʼrifiy tadbirda harbiy xizmatchilar oʻzbek va jahon adabiyotining eng nodir asarlari haqida fikr yuritishdi. Shuningdek, kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qiladigan bu kabi tadbirlar harbiy qism miqyosida muntazam oʻtkazilib borilishi boʻyicha takliflar bildirishdi. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.