IIV Jizzax akademik litseyida Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan maʼrifiy tanlov tashkil etildi. Oʻquvchilar “Temur tuzuklari” bilimdoni, tezkor savol-javob, sardorlar bellashuvi shartlari asosida kuch sinashdilar. Bu jarayonda ulugʻ sarkardaning hayoti, yurishlari, davlat boshqaruvi hamda ilm-fanga eʼtibori haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Birinchi oʻrinni “Buyuk turk oʻgʻlonlari” jamoasi egalladi. Keyingi oʻrinlarni “Temur izdoshlari” va “Sohibqiron avlodlari” qoʻlga kiritdi.

Umid TOʻYCHIYEV, 

IIV Jizzax akademik litseyi oʻqituvchisi.