Tuproqqalʼa tumanidagi “Kasb-hunarga oʻqitish markazi”da aholining ish bilan band boʻlmagan qismini kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
Tuman IIB tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur tadbirga ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan hamda probasiya hisobida turgan xotin-qizlar taklif etildi. Ular bu erda kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi hamda tayyor mahsulotlarni koʻzdan kechirishdi.
- Profilaktika kuni doirasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda ishlab chiqarish korxonalari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi, - deydi tuman IIB HPB XQMB katta inspektor, podpolkovnik Shaxnoza Botirova. - Tadbirda ayollarning muammolari, xohish va istaklari mutaxassislar tomonidan oʻrganilib, tegishli tavsiyalar, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda tuman hududidagi korxona va tashkilotlarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari taklif etildi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga markaz mutaxassislari hamda korxona va tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javob olishdi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
