IIV huzuridagi JIED Ikkinchi mintaqaviy hudud 6-son jazoni ijro etish koloniyasida “Yongʻinlar profilaktikasi kuni” munosabati bilan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Pop tuman FVB masʼul xodimlari taklif etilib, mashgʻulot oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida turli favqulodda holatlarda, qanday harakatlanish, jabrlanganlarni qutqarish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tushunchalar berildi. Shuningdek uy sharoitida tabiiy gazdan foydalanish hamda yongʻin sodir boʻlganda oʻt oʻchirish vositalaridan foydalanish tartibi mutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatib berildi.
Oʻz muxbirimiz.
