IIV Malaka oshirish institutida ichki ishlar organlari tizimida uzluksiz oʻquv-karera jarayoni asosida kadrlarni tayyorlash boʻyicha “podpolkovnik” va “katta serjant” maxsus unvonlarini berish uchun navbatdagi malaka oshirish oʻquv kurslari hamda oliy maʼlumotga ega safdor va serjant xodimlarni ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlov oʻquv kursi tinglovchilarining navbatdagi oʻquv mashgʻulotlari oʻz yakuniga yetdi.

Tinglovchilar oʻquv jarayoni davomida nafaqat, qonunchilikka oid balki, sohaga doir meʼyoriy hujjatlardagi oʻzgarishlar bilan ham yaqindan tanishib, jismoniy va jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarida ham faol ishtirok etishdi.

Oʻquv dasturi boʻyicha ularning egallagan bilim va koʻnikmalari yakuniy sinovdan oʻtkazilib, uning natijalariga koʻra, yuqori koʻrsatkichlarga erishgan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, oʻzining namunali xulqi, jamoat ishlaridagi uddaburonligi va tashabbuskorligi tufayli, bir guruh tinglovchilarga faxriy yorliq va tashakkurnomalar ham topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.