Jizzax shahridagi “Sugʻdiyona” markaziy oʻyingohida ichki ishlar organlari, milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar tizimlari xodimlari ishtirokida maxsus taktik mashgʻulot oʻtkazildi. Ushbu jarayonda shaxsiy tarkibning yongʻin, zilzila kabi tabiiy va texnogen hodisalar sodir boʻlganda tomoshabinlarning toʻgʻri harakatini tashkil qilish, qutqarish, jabrlanganlarga yordam koʻrsatish, oqibatlarini bartaraf qilish koʻnikmalari shakllantirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
