Kun qahramoni

«Istarasi issiqqina ekan, zora muammoim hal boʻlsa...» koʻnglidan shunday oʻy oʻtarkan qizi va kuyovining nogironligi bois uy-joy masalasida murojaat qilish maqsadida kelgan Nodira opaning dili yorishdi...

Toshkent viloyati IIBB ikkinchi mintaqaviy hudud Ohangaron shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi muvofiqlashtirish boʻlimi Xotin-qizlar masalasi boʻyicha inspektor lavozimida xizmat qilayotgan mayor Nilufar Karimxoʻjayeva Nodira opaga zarur huquqiy maslahat va yoʻl-yoʻriq koʻrsatib koʻngli taskin topdi.

Nilufar Karimxoʻjayeva Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida tugʻilgan. U ichki ishlar organlaridagi xizmat faoliyatini 1999-yilda Ohangaron tumani IIB HPB voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha guruhining inspektori lavozimidan boshladi. N. Karimxoʻjayeva oʻtgan vaqt mobaynida turli lavozimlarda xizmat qilar ekan, yosh avlod taʼlim-tarbiyasi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, oilaviy ajrim va janjallarning oldini olish singari dolzarb muammolarga asosiy eʼtiborni qaratdi. Bugunga qadar aholi, asosan yoshlar va xotin-qizlarning unga turli masalalarda murojaat qilishining sababi ham shu boʻlsa kerak.

– Yashashni hamma har xil tushunadi, – deydi N. Karimxoʻjayeva. – Bunday tasavvur, avvalo, oila muhitida shakllanadi. Шu bois xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, oilalarda sogʻlom muhitni shakllantirishga imkon darajasida eʼtibor qaratib kelyapmiz.

Oila – muqaddas dargoh. Uni asrab-avaylash zarurligini endi hayot ostonasiga qadam qoʻyayotgan yoshlarga tushuntirish borasida olib borilayogan targʻibot-tashviqot ishlari ijobiy samarasini berayotgani quvonarlidir. Bunda mahalla faollari va jamoatchilik vakillari bilan faol hamkorlikning yoʻlga qoʻyilganini alohida taʼkidlash zarur.

Sherzod ABDUSAMADOV,

«Postda» muxbiri.