Kun qahramoni
U 1971 yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tugʻilgan. Buxoro Davlat universitetini tugatib, 1996 yilda ichki ishlar organlaridagi faoliyatini boshlagan.
Mayor Zokir Sarayev yigirma besh yildirki, Romitan, Peshkoʻ tumani ichki ishlar organlari tizimidagi turli lavozimlarda xizmat faoliyatini yuritib kelmoqda. Hozirda esa Romitan tumani IIB 10-sonli ichki ishlar boʻlinmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika katta inspektori.
Fidoyi inspektor oʻziga biriktirilgan hudud osoyishtaligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olishda uzoq yillik xizmati davomida toʻplagan tajribasi tayanib ish koʻradi. Shu bois oʻtgan yili uning xizmat hududi yaʼni, “Xosa” mahallasida jinoyat sodir etilmadi. Shuningdek, ayollar va voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarlik holatlariga ham qayt etilmadi.
U xizmat hududidagi xonadonlarga kirib, aholi muammolarini oʻrganib, ularni hal etishdagi jonkuyarligi bilan mahalla ahlining ishonchini qozongan.
Mirzoqul AHADOV,
“Postda” muxbiri.
