Xorazm viloyati IIB XTTB xodimlari tomonidan Urganch shahri hududidagi mehmonxonalarda mahalliy va xorijiy sayyohlarni qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish jarayonlarini yanada yaxshilash maqsadida profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.

Mazkur tadbirlar davomida mehmonxonalar masʼullariga huquqiy normalarga rioya qilgan holda ish yuritish hamda turistlar xavfsizligini taʼminlashda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mehmonxona xodimlariga sayyohlarni viloyatga tashrifi davomida bilishi lozim boʻlgan barcha maʼlumotlar bilan taʼminlashi va bu borada amaliy yordam koʻrsatishi zarurligi taʼkidlandi.

Amalga oshirilayotgan bunday profilaktik tadbirlar viloyatga tashrif buyurayotgan xorijlik hamda mahalliy turistlarning samarali sayohati, dam olishi, madaniy hordiq chiqarishi, eng muhimi, xavfsizligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi.

Azamat OTAJONOV,

leytenant.

Xorazm viloyati.