Olis Tomdi tumani IIB xodimlari "Mehr" profilaktik tadbiri doirasida ijtimoiy koʻmakka muhtoj, yakka-yolgʻiz yashovchi, boquvchisini yoʻqotgan fuqarolarning holidan xabar olishdi, ularga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, mahallalardagi notinch va ajrim yoqasidagi oilalar aʼzolari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. 

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.