25noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻrovonlikka barham berish kuni munosabati bilan "Men rahbar ekanman, bu yurtda ayol xoʻrlanmaydi" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Samarqand davlat universitetixotin-qizlarmasalalari boʻyichamaslahatkengashi hamda Samarqand shahriboʻyicha IIO FMB 3-sonliIIBXPBXotin-qizlarmasalalaribuyicha inspektori, kapitan DilnozaBegnazarovatashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻiZebiniso Rahmonovaham qatnashdi.

Unda soʻz olganlarinson qadri, amaldagi qonunchilik, oʻz oʻrnida mamlakatimizda xotin-qizlarga boʻlgan eʼtibor, jamiyatda va yosh avlod kamolotida ayollarning, onalarning alohida oʻrni borligi, har bir inson fitratidagi goʻzal fazilatlar xususida toʻxtalib oʻtishdi.  

 Shuningdek, ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu oʻrinda oilaviy muammolarga duch kelgan va turmushda zoʻravonlikka uchrayotgan xotin-qizlarga shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy va boshqa turdagi yordam koʻrsatish borasida ham fikr-mulohazalar bildirildi. 

Zamira BOLTAYEVA,

«Na postu» muxbiri.

Samarqand viloyati.