Qoraqalpogʻiston Respublikasi Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi «Miskin» bekatida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasining xizmat hududi Xorazm, Buxoro viloyatlaridan oʻtuvchi Miskin – Buxoro, Mis­kin – Istiqlol, Miskin – Nukus temiryoʻl yoʻnalishlari­dagi 

172 kilometr masofani tashkil qiladi. Mazkur hududda 3 ta temiryoʻl vokzali, 6 ta bekat, 1 ta raz­yezd mavjud. Bundan tashqari, 

19 ta avtomobil va temir yoʻl kesishmasi joylashgan.

– Joriy yilning oʻtgan 

11 oyi davomida boʻlinma 

xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida xizmat hududimizda birorta ham jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmadi. Shu­ningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan 424 nafar fuqaroga nisbatan tegishli choralar qoʻllanilishi taʼminlandi, – deydi «Miskin» bekati boʻlinmasi boshligʻi, 

podpolkovnik Baynazar Allamjarov.

Joriy yilning noyabr oyida Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi M.M. temiryoʻl bekatining yuk tushirish va ortish maydonchasida koʻmir taʼminoti korxonasiga tegishli boʻlgan jami 520 kg koʻmirni oʻzining boshqaruvidagi avtoulovga yuklab, hech qanday hujjatlarsiz olib chiqib ketayotgan vaqtida ushlandi. Ushbu holat yuzasidan oʻrnatilgan tartibda tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, boʻlinmaning xizmat hududida 12 ta mahalla fuqarolar yigʻini, 8 ta maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi, 18 ta boshqa tashkilot va idoralar joylashgan. Asosiy eʼtibor, aholi xususan, oʻquvchi yoshlar orasida hamda ushbu tashkilot va muassasalarda tezkor profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etishga qaratilgan.

Afsuski, shunga qaramasdan, temiryoʻllarda turli koʻngilsiz holatlar uchrab turadi. Shu bois boʻlinma xodimlari tomonidan «Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni», «Temiryoʻllarda xavfsiz kun», «Yoshlar orasida psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar tarqalishiga qarshi kurashish», «Qoradori-2025», «Korrupsiyaga qarshi kurashish» tadbirlari oʻtkazib kelinyapti. Shuningdek, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, poyezd vagonlariga va temir yoʻl inshootlariga shikast yetkazmaslik, voyaga yetmaganlarni eʼtiborsiz qoldirmaslik kabi koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha profilaktik-tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda. 


Azamat PIRNIYAZOV,

oʻz muxbirimiz.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi.