Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi Respublika idoralararo ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyati hududida ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, oilaviy tadbirkorlik, yoshlar va ayollarning tashabbuskor loyihalariga koʻmaklashish maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil qilindi.

Fargʻona viloyati hokimligi, Bandlikka koʻmaklashish markazi hamda Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi hamkorligida Fargʻona shahridagi «Ishga marhamat» monomarkazida oʻtkazilgan yarmarkada 94 ta korxona-tashkilot va tadbirkorlik subʼektlari oʻzlarida mavjud mingdan oshiq boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida 350 nafar fuqaro qatnashib, ulardan 109 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 87 nafari kasbga oʻqishga yuborildi. Ayrim fuqarolar oʻzini-oʻzi band qilish orqali mehnatga jalb etildi.

Shu kuni monomarkazda mahalliy tadbirkorlar va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.