Namangan viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik Talʼat Mamatqulov hamda Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi Ahrorbek Mansurov toʻraqoʻrgʻonlik yoshlar bilan uchrashdi.

Yoshlarning sanʼat, tibbiyot, xalq taʼlimi sohalariga ishga joylashish, sport zalini taʼmirlash, salomatlikni tiklash masalalaridagi murojaatlari hal etiladigan boʻldi.

Uchrashuvda bir guruh yoshlarga fuqarolikni tasdiqlovchi ID kartalar, oliygoh va zamonaviy kasb-hunar markazlarida oʻqishga mablagʻ ajratish uchun sertifikat, hamda tikuv mashinalari topshirildi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

"Rostda" muxbiri.

Namangan viloyati.