Zomin tumanida Jizzax viloyati IIB JXX probatsiya boʻlimi hamda tuman IIB masʼullari tomonidan jazoni ochiqda oʻtayotgan shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi. Mazkur jarayonda nazorat ostidagi shaxslar davolanish, tadbirkorlik uchun kredit ajratish, ishga joylashish kabi masalalarda koʻmak soʻradilar. Koʻtarilgan muammolarni mutassaddi tashkilotlar yordamida hal qilish choralari belgilandi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
