Yaqinda Toshkent viloyati IIBB Probatsiya boshqarmasi, jinoyat ishlari boʻyicha Bekobod tuman sudi hamda mazkur hudud IIB Probatsiya guruhi hamkorligida nazorat ostidagi shaxslarning huquqiy ongini yanada oshirish maqsadida sayyor sud majlisi oʻtkazildi.
Unga koʻra, qilgan jinoyatidan tegishli xulosa chiqarib, oʻziga nisbatan tayinlangan jazoni namunali xulq bilan oʻtagan hamda tuzalish yoʻliga kirgan 15 nafar nazoratdagi shaxslar muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, jazoni oʻtash tartibi va shartlarini bajarmagan 1 nafar nazoratdagi shaxsning jazosi esa, ogʻirrogʻiga almashtirildi.
Sayyor sud yakunida ishtirokchilar tomonidan jazoni oʻtash bilan bogʻliq hamda boshqa huquqiy yoʻnalishda berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
A. ABDILXAMEDOV,
mayor.
