Davlatimiz gerbi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida ham tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda soʻzga chiqqan qoʻshinlar qoʻmondoni, polkovnik Hasan Botirov mazkur sana bilan ona Vatanimiz himoyachilarini samimiy qutlab, gerbimiz mamlakatimiz mustaqilligining ramzi ekanligi, uni barcha yurtdoshlarimiz birdek hurmat qilishi va eʼzozlashi, mamlakatimizda ezgu qadriyatlardan biriga aylanib borayotganligini taʼkidladi.
Shuningdek, tadbirda soʻz olgan boshqalar ham davlatimiz gerbi, uning yaratilish tarixi hamda undan foydalanish qoidalari haqida yigʻilganlarga batafsil maʼlumotlar berishdi.
Umid TOJIYEV,
mayor.
